AGUAS
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Qattiq jelatinli kapsulalar, 450mg.dan
1 kapsula tarkibi:
Asosiy komponentlar:
Kollagen II tipi – 40mg
Natriy gialuronat – 40mg
Boswellia Serrata ekstrakti – 100mg
To‘ldiruvchilar – kerakli miqdorda.
KIMYOVIY TARKIBI VA XUSUSIYATLARI:
Kollagen II (UC-II) tipi asosiy komponent hisoblanib, denaturlashmagan kollagen II tipining patentlangan formasi (ya’ni kollagen yuqori temperatura yoki kimyoviy moddalar bilan qayta ishlanmaydi).
UC-II tarkibidagi denaturlashmagan kollagen gidrolizlangan yoki denaturlashgan kollagendan shu bilan farq qiladiki, u faol immunomodulyatorlar saqlaydi, ular ta’sirida kollagen II tipini yemiruvchi fermentlar sekresiyasini kamaytiradi, bu bilan yallig‘lanish reayaksiyalarini susaytiradi.
Gialuron kislotasi terida va bo‘g‘imlarda namlikni ushlashga yordam beradi. Gialuron kislotasi tog‘aylar uchun shilimshiq, amortizasiya muhitini yaratadi va bo‘g‘im to‘qimalari zararlanishini oldini oladi. Gialuron kislotasining qo‘shimcha qabul qilinishi to‘qimalarning shaxsiy gialuron kislotasini stimullaydi va tog‘ayda regeneratsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi.
Boswellia Serrata ekstrakti yallig‘lanishga qarshi, anal’getik, antiseptik, gijjalarga qarshi, siydik haydovchi, yaralarni bitkazuvchi xususiyatlarga ega. Bosveliyaning dorivor xususiyatlaridan qo‘yidagi holatlarda: artritda, revmatizmda, osteoxondrozda, podagrada, bel og‘rig‘ida, harakat-tayanch apparatiga kuchli yuklanmalarda bo‘g‘imlar harakatini va muskullar egiluvchanligini saqlaydi, bo‘g‘imlarda og‘riqni kamaytiradi, harakat-tayanch apparati uchun ozuqaviy ta’minotni qo‘llab-quvvatlaydi.
Bosveliya tarkibidagi smolaning asosiy ta’sir qiluvchi moddasi pentasiklik triterpen kislotalari : β-bosvelli, asetil-β-bosvelli, asetil-11-keto-β-bosvelli kislotalari hisoblanadi. Smola ekstrakti va individual bosvelliya kislotalari bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar va klinika natijalari yaqqol yallig‘lanishga qarshi va antirevmotoid xususiyatini , bundan tashqari, anal’getik va antibakterial ta’siri ham borligini ko‘rsatadi.
Bosveliyaning ta’sir mexanizmi leykotrienlar sintezini bloklashga asoslangan va yallig‘lanishga qarshi nesteroid preparatlar ta’siriga o‘hshash bo‘lib, birgina farqi – bosveliyaning organizmga nojo‘ya ta’siri kuzatilmaydi.
QO‘LLANILISHI
- Regeneratsiya jarayonini tezlashtiradi;
- Og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi vosita;
- Bo‘g‘imlar faoliyatini yaxshilaydi;
- Medikamentoz terapiyaning zararli ta’sirlaridan tog‘ay to‘qimalarini himoya qiladi;
- Artroz;
- Artrit;
- Osteoxondroz;
- Spondilez;
- Mushak – skelet tizimining xar xil degenerativ – distrofik kasalliklarida.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat mikdori, davolovchi vrach tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
Birinchi 3 hafta mobaynida: 1 kapsuladan 2 maxal kuniga, 4 chi xaftadan 1 kapsuladan 1 maxal kuniga.
Davolanish kursi davomiyligi, odatda 3 oydan 6 oygacha.
Davoni o‘zaytirishning har qanday holatida mutaxasis maslahati kerak bo‘ladi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
- Homiladorlik va emizikli davrda.
- 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
- Tromboflebitlar va qon uvishishi me’yorining bo‘zilishlarida
- Qandli diabet.
- Bo‘yrak va jigar yetishmovchiligi bilan kechadigan og‘ir xastaliklar.
- Yakka tartibdagi yuqori sezuvchanlik.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +25°C gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati – 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.