NOMAGISSAN
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar va ularni mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Yakka poyali ortiliya (Orthília secúnda L.)
Tog‘ rayhon – ona urug‘ (Oríganum vulgáre L.)
Na’matak mevasi (Frūctus Rosāe)
Dorivor moychechak (Matricāria chamomīlla L.)
Dorivor kalendula ( Caléndula officinális L.)
Oddiy jag‘-jag‘ (Capsélla búrsa-pastóris L.)
Bo‘znoch (Helichrýsum arenárium).
PREPARATNING TA’SIRI
- Hayz davrini tartibga soluvchi, o‘simliklardan tayyorlangan kompleks vosita;
- Tuxumdon to‘qimalarini va endometriy mushaklarini mustahkamlash orqali klimaksdan keyingi qon ketishlarni bartaraf etishga yordam beradi;
- Yallig‘lanish va bakteriyalarga qarshi kurashish xususiyatiga ega;
- Organizmdagi garmonal holatni me’yorga keltirishi va nazoratda saqlab turishi sababli hayzoldi sindromlarida yaxshi yordam beradi;
- Immunitetni (organizmning himoya qobiliyati) tiklaydi, moddalar almashinuvini yaxshilaydi.
NOJO‘YA TA’SIRI
- Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan;
- Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanlikligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar va oshqozon-ichak traktidagi dispepsik buzilishlar kuzatilishi mumkin;
- Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
QO‘LLANILISHI
- Dismenoreya, amenoreya, gipermenoreya (kompleks terapiya tarkibida);
- Hayzoldi sindromi;
- Qinning anomal ajralmalarida;
- Klimaksdan keyingi qon ketishida;
- Bachadon bo‘yni to‘qimalaridagi torayish tufayli qindan oq ajralmalar kelishida (Leykoreya);
- Hayzning ko‘p kelishi (Menorragiya);
- Bachadondan hayz sikli bilan bog‘liq bo‘lmagan qon ketishlarda (Metrorragiya).
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparat bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davri.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
KATTALAR
Kuniga 3 mahal 2 tabletkadan, ovqatdan oldin.
Davolash kursi 15 kun.
Zarurat tug‘ilganda davolash kursi qaytariladi.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Nomagissan preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi natijasida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATLARI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlash muddati: 2 yil
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.