NATUROSED
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar va ularni mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Qalampir yalpiz (Méntha piperíta L.)
Oddiy tog‘rayhon (Oríganum vulgáre L)
Dorivor valeriana (Valeriána officinális L.)
Brusnika barglari (Folium Vitis idaea L.)
Oddiy toshcho‘p (Thýmus serpýllum L.)
Arslonquyruq (Leonúrus L.)
Qizil do’lana (Crataegus sanguinea)
PREPARATNING TA’SIRI
- markaziy asab tizimining faoliyatini yaxshilaydi;
- vegetativ asab tizimi faoliyati buzilishlarini bartaraf etishga yordam beradi;
- organizm ruhiy-hissiy bardoshliligini oshiradi, uyqu tartibini yaxshilaydi;
- stress vaziyatlarda xotirjamlikni saqlashga xizmat qiladi;
- immunitetni mustahkamlaydi va organizm himoya kuchlarini oshiradi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yakka tarzda uchraydigan yuqori ta’sirchanlik holatlarida allergik reaksiyalar va oshqozon-ichak traktidagi dispepsik buzilishlar bulishi mumkin.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
QO‘LLANILISHI
- Markaziy va vegetativ asab tizimlari funksional buzilishlarida;
- Uzoq davom etuvchi stress holati, kuchli aqliy va emotsional zo‘riqishlarda;
- Asabiylik, emotsional muvozanatsizlik holatlarida;
- Surunkali charchoq, zo‘riqishda;
- Uyqu buzilishida;
- Kardionevrozda;
- Psixosomatik buzilishlarida;
- Klimakterik sindromda.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
3 YOSHDAN KATTA BOLALARGA
KATTALAR
1 tabletkadan kuniga 3 mahal
1-2 ta tabletkadan kuniga 3 mahal
Statsionar sharoitda qo‘shimcha tinchlantiruvchi vosita sifatida 1 tabletkadan kuniga 3 mahal tavsiya etiladi.
Preparat ovqatlanishdan 10-15 daqiqa avval qabul qilinadi.
Surunkali kasalliklarda davolanish davri odatda 20 – 30 kunni tashkil etadi.
Zarurat tug‘ilganda qayta davolash kursi belgilanadi.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Naturosed preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATLARI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlash muddati: 24 oy
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.