LIPOVITILIN
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Och jigarrang 30 ml. suyuqlik. Maxsus qopqoqli polietilen flakonda.
– Himoyalovchi golografik yorliqli karton o’ram;
– Qo’llash bo’yicha yo’riqnoma.
30 ml. mahsulot tarkibida:
YShQM olingan fosfolipidlar
0.83 gr
YShQM olingan xolesterin
0.15 gr
Mis sulfat
0,003 gr
L-tirozin
0,003 gr
α-tokoferol
0,016 гр
Rux sulfat
0,003 gr
Suv
29 gr
TA’SIRI
– melanin sintezini va zararlangan teri repigmentatsiyasini kuchaytiradi.
– teridagi moddalar almashinuvini nazorat qiladi;
– namlik darajasi va elastikligini oshiradi;
– toksinlarni zararsizlantiradi;
– terini yoshartirish xususiyatiga ega;
BOSHQA DORILAR BILAN O’ZARO TA’SIRI
Kompleks terapiya tarkibida qo’llanilganda antioksidant, membrana modifikatsiyalovchi, melango stimulyatsiyalovchi ta’sirni kuchaytirish xususiyatiga ega.
QO’LLANILISHI
Vitiligoda va terining turli kosmetik nuqsonlarida teri holatini yaxshilashga yordam beradi.
QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
QO’LLASH USULI VA DOZALARI
– Vosita faqat sirtga qo’llash uchun qo’llaniladi.
– Kuniga 2 mahal terining shikastlangan qismiga sepiladi.
– Davolanish kursi 6-8 xafta.
SAQLASH SHAROITI
Bolalar qo’li yetmaydigan, yorug’likdan himoyalangan joyda +10°S gacha haroratda germetik yopiq flakonlarda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.