KALSIDOKS

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA ISHLAB CHIQARILISH SHAKLI

Dumaloq, ikki tomoni qabariq, bir xil vaznli, rangi oq yoki och jigarrang, hidsiz tabletkalar. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qadoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:

– Kalsiy 93% ;
– Fosfor 0,25%;
– Magniy 0,55%;
– Kaliy 0,08%;
– Temir 0,18%;
– Natriy 0,03%;
– Vitamin D3 1 ME(0,025mkg)
– Shakar 0.1 gr.
– Kraxmal 0.1 gr.
– Tozalangan tovuq tuxumi puchog‘i 0,3 gr.
Guruh: Kalsiy, fosfor va minerallar kompleksi.

PREPARATNING TA’SIRI

Organizmda (suyaklar, tishlar, sochlar va mushaklarda) kalsiy va fosforning yaxshi almashinuviga samarali yordam beradi.
Kattalar va bolalar ratsionida kalsiy, fosfor va minerallarning qo‘shimcha manbai.

MAXSUS KO‘RSATMALAR
  • «Kalsidoks- Antidiatezin» preparatini qabul qilish paytida dozaning me’yordan ortib ketmasligi maqsadida boshqa makro va mikroelementli preparatlarni qabul qilishga zarurat yo‘q;
  • Qonda va siydikda kalsiy tuzlarining miqdori yuqori bo‘lgan holatlarda ehtiyotkorlik bilan qabul qilish lozim;
  • Homilador va emizikli ayollar preparatni shifokor tavsiyanomasiga ko‘ra qabul qilishlari mumkin.
NOJO‘YA TA’SIRI

Nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan, aksincha uzoq vaqt qabul qilish holatlarida yaxshi natijaga erishiladi.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

QO‘LLASHGA DOIR KO‘RSATMALAR
  • Kalsiyga yuqori muhtojlik (intensiv o‘sish, sport bilan shug‘ullanish davrida va shu kabi holatlarda);
  • Taomda kalsiy yetishmasligi, balanslanmagan va to‘liq bo‘lmagan ovqatlanish ratsionida (sut yoki sut mahsulotlarni iste’mol qilmaslik holatlarida);
  • Kalsiy almashinuvining buzilishi;
  • Suyak to‘qimalari tuzilmasini mustahkamlash va tiklash;
  • Raxit (oldini olish va kompleks davolash);
  • Tishlarning o‘z vaqtida o‘smasligi, tishlar kariyesi; tirnoqlar va sochlar sinuvchanligi;
  • Yosh bolalarda uchraydigan allergiya va diatez;
  • Suyaklar sinish holatlarida uning bitish jarayonining me’yorlashuvi, yoshi kattalarda suyaklarning mo‘rtligi, osteoporoz rivojini oldini olish.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Kuzatilmagan.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

GO‘DAKLAR VA 3 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR

3 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALAR

KATTALAR VA 12 YOSHDAN KATTA BOLALAR

1 tabletkadan kuniga 2 mahal yoki shifokor tavsiyanomasiga ko‘ra.

1 tabletkadan kuniga 3 mahal.

2 tabletkadan kuniga 2 mahal.

Ichkariga, suv, mevali sharbat yoki sut bilan qabul qilinadi.
Tabletkani maydalab (tvorog, yogurt, bo‘tqa, pyure, desert va hkz.) taomlarga qo‘shish mumkin.
Preparatni qaynoq taomlar, choy yoki kofe bilan qo‘shib iste’mol qilish mumkin emas.

PREPARATNING MEYORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATLARI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlash muddati: 2 yil.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3