DOLGOJITEL №5

  • Dori xaqida
  • Qo'llanma

DOLGOJITEL №5 – KAM HARAKATLI HAYOT TARZIGA EGA INSONLAR UCHUN

CHIQARILISH SHAKLI VA TARKIBI

Dolgojitel №4 0,25 gr. kapsula, 60 donadan himoyalovchi plombali original flakonlarda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:
1 kapsula (0,25gr.)

Digidrokversetin (Taxifolin) 92% 50 mg.
Arobinogalaktan 140 mg.
Kraxmal 60 mg.
PREPARATNING TA’SIRI
  • Preparat jismoniy imkoniyatlari cheklangan va kamharakat hayot tarziga ega odamlar uchun mo‘ljallangan.
  • Digidrokversetin va arabinogalaktan kam harakatli  insonlarning normal hayot tarzini ta’minlashda yordam beradi.
  • Ushbu kompleks hayotiy faollikni oshirish bilan bir qatorda, hayot tarzining sifatini yaxshilaydi va uning davomiyligini uzaytiradi.
NOJO‘YA TA’SIRI

Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

KO‘RSATMA

Profilaktik vosita sifatida:

Immunitet pasayishida:

  • organizmning himoya xususiyatlarini yaxshilash maqsadida, umumtetiklashtiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi;
  • organizmning yuqumli kasalliklarga va tashqi muhitning zararli ta’sirlariga barqarorligini oshiradi.

Qaytalagan va asoratlangan yallig‘lanish kasalliklarida:

  • yallig‘lanish jarayonining yaqqol belgilarini kamaytiradi;
  • surunkali yallig‘lanish kasalliklarining qaytalashini va zo‘rayishining oldini oladi.

Yurak qon-tomir kasalliklarida:

  • qon bosimini me’yorlashtiradi;
  • mikrosirkulyatsiyani va bosh miyada qon aylanishini yaxshilaydi;
  • gipoksiya va ishemiya belgilarini kamaytiradi.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

3 YOSHDAN 9 YOSHGACHA BO‘LGANLARGA

9 YOSHDAN 18 YOSHGACHA BO‘LGANLARGA

19 YOSH VA KATTALARGA

1 kapsuladan 1 mahal, ovqat bilan birga.

1 kapsuladan 2 mahal, ovqat bilan birga.

1 kapsuladan 3 mahal, ovqat bilan birga.

QABUL QILISH DAVOMIYLIGI

4-8 hafta.

Qayta qabul qilish kursi 2 haftadan so‘ng.
Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy

Dori vositasi emas.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3