DIABETAZOL
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho’kma va xira ko‘rinish bo’lishi mumkin ) suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi: | ||
Qashqarbeda ekstrakti (Medicágo satíva) | ||
Topinambur ekstrakti (Heliánthus tuberósus) | ||
Qariqiz ildizi ekstrakti (Arctium láppa) | ||
Yaylov o‘ti urug‘i ekstrakti (Trigonélla foénum-graécum) | ||
Qichitqi o‘t ekstrakti (Urtíca dióica) | ||
Brusnika barglari ekstrakti (Vaccínium vítis-idaéa) |
Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti
PREPARATNING TA’SIRI
- Qashqarbeda qalqonsimon va oshqozon osti bezlari funksiyalari buzilishida qo‘llaniladi. U qandli diabetga samarali ta’sir ko‘rsatadi va qonda qand miqdorini tushiradi. Qashqarbeda organizmdan toksinlarni chiqaradi. Bu o‘simlik mikroblarga qarshi, immunomodulyator va yara bitkazuvchi xususiyatlarga ega. Bu xususiyat oyoq diabeti kabi kasallik rivojlanishida qo‘l keladi. Qashqarbeda tarkibidagi alkaloidlar qondagi qand miqdorini tushiradi, tolalari esa shimiluvchi xususiyatga ega;
- Topinambur flavonoidlar manbai bo‘lib, fruktozaning tabiiy polimeri – inulin va boshqa biofaol moddalar (gemitsellyuloza, oqsillar, uglevodlar, minerallar, vitaminlar, karotin)dan tarkib topgan. Topinamburning faol moddalar kompleksi uglevod va lipidlar almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi, ichak florasi va hazm qilish jarayonlarini yaxshilaydi. Qandli diabetli bemorlar ovqatlanish ratsioni topinambur bilan boyitilgan bo‘lsa, qonda glyukoza miqdorini tushishi isbotlangan. Topinambur 1- va 2-tipdagi qand diabeti, ateroskleroz, hamda oshqozon ichak trakti patologiyasida kompleks davoga yordamchi vosita sifatida qo‘llaniladi;
- Qariqiz oshqozon osti bezining fermentativ faoliyatini kuchaytiradi. O‘simlikdagi ko‘p miqdordagi inulin qondagi leykotsitlar sonini normallashtiradi, moddalar almashuvini nisbatan yaxshilaydi;
- Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yaylov o‘ti uglevodlar tiyilishi, hazm qilinishi va so‘rilishi, hamda insulinning periferik faoliyatini oshirish yo‘li bilan qondagi qand miqdorini tushirishi mumkin;
- Qichitqi o‘t tarkibiga kiruvchi elementlar qondagi glyukoza miqdorini asta-sekin tushiradi;
- Brusnika qondagi qand miqdorini samarali tushiradi. Mikroblarga qarshi, yallig’lanishga qarshi, istma tushiruvchi, siydik va safro haydovchi xususiyatlarga ega.
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo’lgan holatlarida, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
MAXSUS KO’RSATMA
Siropni qabul qilishdan oldin, chayqating.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
QO‘LLANILISHI
– Uglevodlar almashinuvida biokorrektor;
– Uglevodlar almashinuvini normallashtiradi, qondagi qand miqdorini tushiradi;
– Energetik taqchillikni susayishida;
– Yog‘lar va xolesterin almashinuvining buzilishida;
– Semizlik, vazn kamayishiga va barqarorlashishiga yordam beradi;
– Periferik qon aylanishiniva qon tomirlar o’tkazuvchanligi buzilishida.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
SIROP
2,5-3 ml.dan kuniga 3 mahal
Preparat ovqatlanish vaqtida yetarlicha suv ichish bilan qabul qilinadi.
Preparatni qabul qilish davomiyligi – 1 oy. Takroriy davolanish 1 haftadan keyin.
PREPARATNING MEYORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanishmuddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.