DERMOTONAL

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan o‘ziga xos hidli, jigar rang tusdagi (biroz cho’kma va xira ko‘rinish bo’lishi mumkin), suyuqlik sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:

Dorivor tizimgul ekstrakti (Verbéna officinalis)
Qizilpoycha ekstrakti (Hypéricum perforátum)
Mingyaproq ekstrakti (Achilléa millefólium)
Moychechak ekstrakti (Matricária)
Rangdor binafsha ekstrakti (Víola trícolor)

Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti

PREPARATNING TA’SIRI

– Mikroblarga qarshi;
– Allergiyaga qarshi;
– Zumburug‘larga qarshi;
– Biriktiruvchi, qoplovchi va singuvchi;
– Terini tetiklashtiradi va yumshatadi.

NOJOYA TA’SIRI

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga ta’sirchanlik holatlarida allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.

MAXSUS KURSATMA

Preparatni qo’llashdan oldin, chayqating.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

QO‘LLANILISHI

Dermotonal:
– Yuz teri yog‘ bezlari funksiyasining zo‘rayishi;
– Toshma, shirincha (ekssudativ diatez, teri qichimasi);
– Dermatitlar, trofik yara, furunkulalar, abssesslar (teri yiring kasalliklari, ekzema);
– Flegmonoz husnbuzarlar;
– Keratodermiya, trixofitiya;
– Endometrit, endometrioz, fibromal qon ketish;
– Bachadon, qin va servikal kanal kasalliklari (bachadon bo‘yni eroziyasi)da, davolash va profilaktikasida qo‘llaniladi.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

Vannochkalar:

0-3 yoshgacha go‘daklarga: 1 choy qoshiq qiyom +0,7 l. suv

4-14 yoshgacha bolalarga: 2 choy qoshiq qiyom + 0,7 l. suv

Kattalarga: 1:6 taqsimotda aralashma

Malham qo‘yish:

Qiyom bilan namlangan tamponni bevosita teriga qo‘yish kerak.

Chayish:

Og‘iz bo‘shlig‘ida – 100 ml. suvga 1 choy qoshiq qiyom

Ginekologiyada – 200 ml. suvga 1 choy qoshiq qiyom

Preparat faqat tashqari va maxalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3