DEPARAZITOL

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho‘kma va xira ko‘rinish bo‘lishi mumkin ), suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi original flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:
Oddiy dastarbosh ekstrakti (Tanacétum vulgáre)
Moychechak ekstrakti (Matricāria chamomīlla)
Qizilpoycha ekstrakti (Hypericum perforatum)
Mingyaproq ekstrakti (Achillea millefolium L.)
Bo‘znoch ekstrakti (Helichrýsum arenárium L)
Qovoq urug‘i ekstrakti (Cucurbita pepo L)

PREPARATNING TA’SIRI

Deparazitol —gijjalarga qarshi keng qamrovli ta’sirga ega bo‘lgan preparat.
Ayniqsa, Enterobius vermicularis, Trichuris trichiura, Ascaris lumbricoides, Ancylostoma duodenale, Necator americanus, Strongyloides stercoralis, Taenia solium, Trichinella spiralis, Trichinella nativa, Trichinella nelson gijjalariga yuqori samarali ta’sirga ega.

NOJO‘YA TA’SIRI

Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga organizm sezuvchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.

MAXSUS KO‘RSATMA

Preparatni qo‘llashdan oldin, chayqating.
Flakon ochilgandan so‘ng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.

QO‘LLANILISHI

– enterobioz;
– askaridoz;
– ankilostomidoz;
– strongiloidoz;
– trixotsefalez;
– trixinellez;
– tenioz;
– aralash gelmintozlarda.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga yuqori sezuvchanlik.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
Deparazitol quyidagicha qo‘llaniladi: Ichkariga kam miqdordagi suv bilan.

3 YOSHDAN KATTA BOLALARGA:

Enterobiozda – 5 ml.dan kuniga 1 mahal;
Aralash gelmintozlarda – ertalab va kechqurun 10 ml.dan 7 kun davomida.

Agar kasallik alomatlari saqlanib qolsa, 3 haftadan so’ng davolash kursini qaytarish tavsiya etiladi.

KATTALARGA VA 14 YOSHDAN KATTA BOLALARGA:
Trixinellezda: 1-kun 10-15 ml.dan kuniga 3 mahal, 2-kun 10-15 ml.dan kuniga 4 mahal va 3- kundan 14-kungacha — 25 ml.dan kuniga 3 mahal.
Askaridoz, trixotsefalez, ankilostomidoz, tenioz, strongiloidoz va aralash gelmintozlarda barcha oila a’zolari preparatni 10 ml.dan ertalab va kechqurun 3 kun davomida qa’bul qilishlari tavsiya etiladi.

Davolanish muddati odatda – 1 oydan 3 oygacha va 1 oydan so‘ng davolash kursini qayta o‘tkazish mumkin.

PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI

Preparatni me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2 S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3