ANEMAK
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISHSHAKLI
Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang tusdagi (biroz cho‘kma va xira ko‘rinish bo‘lishi mumkin), suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Eleuterokok ekstrakti (Eleutherococcus senticosus)
Qichitqi o‘t ekstrakti (Urtica dioica L.)
Mingyaproq ekstrakti (Achillea millefolium L.)
Aloe ekstrakti (Aloe arborescens Mill.)
Ittikanak ekstrakti (Bídens tripartíta)
Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti.
PREPARATNING TA’SIRI
– Preparatni qabul qilish davrida, anemiyaning klinik va laboratoriya alomatlarini ijobiy tomonga o’zgartiradi;
– Temir tanqisligi anemiyasida gemoglobin sintezini kuchaytiradi va organizmda temir tanqisligini qayta tiklaydi;
– Ichaklarda temir so‘rilishini kuchaytiradi;
– Temir va noyob aminokislotalarning manbai hisoblanadi;
– Organizmning himoya kuchlarini oshirish hisobiga holsizlik, depressiya, doimiy charchoq, bosh aylanish kabi belgilardan xalos bo‘lishga yordam beradi;
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo‘lgan holatlarda, allergik reaktsiyalar ehtimoli mavjud.
MAXSUS KO‘RSATMA
Preparatni qabul qilishdan oldin, chayqating.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
QO‘LLANILISHI
– Anemiya (og‘irlik darajasi turli bo‘lgan temir tanqisligi);
– Vitamin B12 tanqisligi anemiyasi;
– Homiladorlik va laktatsiya davri (homiladorlik va ko‘krak bilan boqish davridagi temir tanqisligi profilaktikasi);
– Jismoniy va aqliy rivojlanishning susayishi, jadal o‘sishning susayishi;
– Sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, jadal jismoniy mashq;
– Kam ovqat yeyish, noto‘g‘ri balansli ratsion;
– Tez-tez O‘RVI va O‘RK (kompleks terapiya tarkibida);
– Donorlik;
– Turli jarrohlik amaliyotidan keyingi holatlar;
– Surunkali qon ketishlar;
– O‘spirin bolalarda va kattalarda (masalan, vegetarian va keksa yoshlilar);
– Oziq-ovqat bilan organizmga kerakli miqdordagi temir moddasini yetkazib berishning iloji bo‘lmagan bemorlar guruhida, temir tanqisligi anemiyasini davolash va profilaktikasida qo‘llaniladi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Yakka tarzda belgilinadi:
KATTALAR VA 12 YOSHDAN KATTA BOLALAR
3 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR
5-10 ml.dan kuniga 3 mahal
2.5-5 ml.dan kuniga 3 mahal
Preparat ovqatdan 5-10 minut keyin ichiladi.
Davolanish davomiyligi 30 kundan iborat.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatning me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.
SAQLASh SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati – 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
KALSIDOKS
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA ISHLAB CHIQARILISH SHAKLI
Dumaloq, ikki tomoni qabariq, bir xil vaznli, rangi oq yoki och jigarrang, hidsiz tabletkalar. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qadoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
– Kalsiy 93% ;
– Fosfor 0,25%;
– Magniy 0,55%;
– Kaliy 0,08%;
– Temir 0,18%;
– Natriy 0,03%;
– Vitamin D3 1 ME(0,025mkg)
– Shakar 0.1 gr.
– Kraxmal 0.1 gr.
– Tozalangan tovuq tuxumi puchog‘i 0,3 gr.
Guruh: Kalsiy, fosfor va minerallar kompleksi.
PREPARATNING TA’SIRI
Organizmda (suyaklar, tishlar, sochlar va mushaklarda) kalsiy va fosforning yaxshi almashinuviga samarali yordam beradi.
Kattalar va bolalar ratsionida kalsiy, fosfor va minerallarning qo‘shimcha manbai.
MAXSUS KO‘RSATMALAR
- «Kalsidoks- Antidiatezin» preparatini qabul qilish paytida dozaning me’yordan ortib ketmasligi maqsadida boshqa makro va mikroelementli preparatlarni qabul qilishga zarurat yo‘q;
- Qonda va siydikda kalsiy tuzlarining miqdori yuqori bo‘lgan holatlarda ehtiyotkorlik bilan qabul qilish lozim;
- Homilador va emizikli ayollar preparatni shifokor tavsiyanomasiga ko‘ra qabul qilishlari mumkin.
NOJO‘YA TA’SIRI
Nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan, aksincha uzoq vaqt qabul qilish holatlarida yaxshi natijaga erishiladi.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
QO‘LLASHGA DOIR KO‘RSATMALAR
- Kalsiyga yuqori muhtojlik (intensiv o‘sish, sport bilan shug‘ullanish davrida va shu kabi holatlarda);
- Taomda kalsiy yetishmasligi, balanslanmagan va to‘liq bo‘lmagan ovqatlanish ratsionida (sut yoki sut mahsulotlarni iste’mol qilmaslik holatlarida);
- Kalsiy almashinuvining buzilishi;
- Suyak to‘qimalari tuzilmasini mustahkamlash va tiklash;
- Raxit (oldini olish va kompleks davolash);
- Tishlarning o‘z vaqtida o‘smasligi, tishlar kariyesi; tirnoqlar va sochlar sinuvchanligi;
- Yosh bolalarda uchraydigan allergiya va diatez;
- Suyaklar sinish holatlarida uning bitish jarayonining me’yorlashuvi, yoshi kattalarda suyaklarning mo‘rtligi, osteoporoz rivojini oldini olish.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Kuzatilmagan.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
GO‘DAKLAR VA 3 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR
3 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALAR
KATTALAR VA 12 YOSHDAN KATTA BOLALAR
1 tabletkadan kuniga 2 mahal yoki shifokor tavsiyanomasiga ko‘ra.
1 tabletkadan kuniga 3 mahal.
2 tabletkadan kuniga 2 mahal.
Ichkariga, suv, mevali sharbat yoki sut bilan qabul qilinadi.
Tabletkani maydalab (tvorog, yogurt, bo‘tqa, pyure, desert va hkz.) taomlarga qo‘shish mumkin.
Preparatni qaynoq taomlar, choy yoki kofe bilan qo‘shib iste’mol qilish mumkin emas.
PREPARATNING MEYORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATLARI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlash muddati: 2 yil.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
VITALIT
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda, 60 dona – himoyalovchi plombali polietilen flakonlar yoki blisterda kadoklangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Ituzum mevasi (Fructus Padus)
Na’matak mevasi (Frūctūs Rosae)
Gazanda o’t bargi (Qichitqi) (Urtica dioica L.)
Oltin ildiz (Rhodiola rosea L)
Toshcho’p (Thymus serpyllum L)
Grek yong’og’i (Júglans régia)
PREPARATNING TA’SIRI
- Vitalit tabiiy giyohlardan tashkil topgan vitaminlar kompleksiga ega preparat bo‘lib, vitaminlar, makro va mikro elementlar va bifidum bakteriyalardan tashkil topgan.
- Inson tanasida vitamin va minerallarga bo‘lgan tanqislikni to‘ldirib, antioksidantli ta’sirga ega.
- Oshqozon-ichak mikroflorasini mo’tadillashtiradi, organzmning turli hil kasalliklarga va atrof muhitning zararli ta’sirlariga qarshi kurashish samaradorligini oshiradi. Shu ta’sirlari tufayli preparatni immunitetni ko‘taruvchi va umumiy quvvatlantiruvchi vosita sifatida ham ishlatish tavsiya etiladi.
- Oshqozon-ichak traktining mo’tadil ishlashini tiklaydi va unga yordam beradi.
- Astenik holatlarda, shamollash va infektsion kasalliklardan keyin tananing normal holatiga kelishiga va vitamin tanqisligini bartaraf etishda yordam beradi. A, C, R, K gipovitaminozlarining profilaktikasida ham kompleks terapiyasida qo‘llaniladi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik holatlarida allergik reaksiyalar, oshqozon-ichak traktida dispeptik buzilishlar kuzatilishi mumkin.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
QO‘LLANILISHI
- Umumiy salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, jismoniy va ruhiy farovonlikni oshiradi;
- Gipovitaminoz profilaktikasi, minerallar va mikroelementlar tanqisligida;
- Atrof muhitning inson organizimiga salbiy ta’siriga nisbatan chidamlilikni oshiradi;
- Immun tizimini mustahkamlaydi, yuqumli kasalliklarga chalinishining oldini oladi;
- Metabolizmni (modda almashinuvini) kuchaytiradi;
- Organizmning stressga chidamliligini oshiradi va ruhiy tushkunlikning oldini oladi;
- Og‘ir metallar va boshqa zararli tuzlarni tanadan chiqishiga yordam beradi;
- Homiladorlik va laktatsiya davrida;
- Jismoniy va aqliy mehnat, va vitaminlarga boy bo’lmagan ovqatlar iste’mol qilish oqibatida vujudga keladigan vitamin yetishmasligining oldini oladi;
- Chekish va spirtli ichimliklar iste’mol qilishdan yetadigan zararlar va salbiy ta’sirlarni kamaytiradi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
KATTALAR
3 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BOLALARGA
2 tabletkadan kuniga 3 mahal ovqatlanish vaqtida
1 tabletkadan kuniga 2-3 mahal ovqatlanish vaqtida
Davolanish davomiyligi 1–2 oyni tashkil etadi. Zarurat tug‘ilganda qayta davolash kursi belgilanadi
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda+2 S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
LIPOVITILIN
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Och jigarrang 30 ml. suyuqlik. Maxsus qopqoqli polietilen flakonda.
– Himoyalovchi golografik yorliqli karton o’ram;
– Qo’llash bo’yicha yo’riqnoma.
30 ml. mahsulot tarkibida:
YShQM olingan fosfolipidlar
0.83 gr
YShQM olingan xolesterin
0.15 gr
Mis sulfat
0,003 gr
L-tirozin
0,003 gr
α-tokoferol
0,016 гр
Rux sulfat
0,003 gr
Suv
29 gr
TA’SIRI
– melanin sintezini va zararlangan teri repigmentatsiyasini kuchaytiradi.
– teridagi moddalar almashinuvini nazorat qiladi;
– namlik darajasi va elastikligini oshiradi;
– toksinlarni zararsizlantiradi;
– terini yoshartirish xususiyatiga ega;
BOSHQA DORILAR BILAN O’ZARO TA’SIRI
Kompleks terapiya tarkibida qo’llanilganda antioksidant, membrana modifikatsiyalovchi, melango stimulyatsiyalovchi ta’sirni kuchaytirish xususiyatiga ega.
QO’LLANILISHI
Vitiligoda va terining turli kosmetik nuqsonlarida teri holatini yaxshilashga yordam beradi.
QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
QO’LLASH USULI VA DOZALARI
– Vosita faqat sirtga qo’llash uchun qo’llaniladi.
– Kuniga 2 mahal terining shikastlangan qismiga sepiladi.
– Davolanish kursi 6-8 xafta.
SAQLASH SHAROITI
Bolalar qo’li yetmaydigan, yorug’likdan himoyalangan joyda +10°S gacha haroratda germetik yopiq flakonlarda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
IMMUNOROK
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA ChIQARILISh ShAKLI
Tabiiy o‘simliklar ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos xidga ega, jigarrang tusdagi (biroz chukma va xira ko‘rinish bulishi mumkin ) suyuq sirop bo‘lib, himoyalovchi plombali 150 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Pushti rodiola ekstrakti (Rhodíola rósea)
Qalampir Yalpiz ekstrakti (Méntha piperíta)
Binafsha rang exinatseya ekstrakti (Echinacea purpurea L.)
Qizilmiya ekstrakti (Glycyrrhí́za glábra)
Qora andiz ekstrakti (Ínula helénium)
Na’matak ekstrakti (Rósa majális)
Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti
PREPARATNING TA’SIRI
- Preparatning immunomodulyator effekti, immunitetning gumoral va xujayra zanjirida faollashtirish hisobiga amalga oshadi;
- Gripp virusi, paragripp, gerpesvirus, enterovirus, rotaviruslarga qarshi yuqori samara beradi;
- Neytrofil granulotsitlarning bakteritsid faolligini oshiradi.
NOJO‘Ya TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo’lgan holatlarida, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
MAXSUS KO’RSATMA
Preparatni qabul qilishdan oldin, chayqating.
Flakon ochilgandan so’ng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin.
BOShQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
QO‘LLANILIShI
– Nevrotik va somatoformik o‘zgarishlarning astenik holatida;
– Asorat qoldirmaydigan virusli va mikrobli kasalliklar alomatlarini yengillashtirishda;
– O‘tkir va surunkali gerpetik va sitomegalovirusli infeksiyalarda;
– Jismoniy ishga layoqatning susayishida;
– Immun tanqislik holatlarida infeksiyani davolash va profilaktikasida qo‘llaniladi.
QO‘LLASh MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy ingrediyentlariga yuqori sezuvchanlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan xar bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
1 YOSHDAN 7 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALARGA
7 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALARGA
KATTALARGA VA 12 YOSHDAN KATTA BOLALARGA
1,0 -1,5 ml.dan kuniga 3 mahal
1,5-2,5 ml.dan kuniga 3 mahal
2,5-5,0 ml.dan kuniga 3 mahal
Preparat ovqatdan 10-15 daqiqa keyin qabul qilinadi.
Preparatning terapevtik ta’siriga erishish uchun, davolanish davomiyligi 15 kundan kam bo‘lmasligi kerak.
PREPARATNING ME’YoRDAN ORTIQ QABUL QILINIShI
Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
SAQLASh ShAROITI VA YaROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda+2 S-dan +25°S-gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
NATUROSED
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar va ularni mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Qalampir yalpiz (Méntha piperíta L.)
Oddiy tog‘rayhon (Oríganum vulgáre L)
Dorivor valeriana (Valeriána officinális L.)
Brusnika barglari (Folium Vitis idaea L.)
Oddiy toshcho‘p (Thýmus serpýllum L.)
Arslonquyruq (Leonúrus L.)
Qizil do’lana (Crataegus sanguinea)
PREPARATNING TA’SIRI
- markaziy asab tizimining faoliyatini yaxshilaydi;
- vegetativ asab tizimi faoliyati buzilishlarini bartaraf etishga yordam beradi;
- organizm ruhiy-hissiy bardoshliligini oshiradi, uyqu tartibini yaxshilaydi;
- stress vaziyatlarda xotirjamlikni saqlashga xizmat qiladi;
- immunitetni mustahkamlaydi va organizm himoya kuchlarini oshiradi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yakka tarzda uchraydigan yuqori ta’sirchanlik holatlarida allergik reaksiyalar va oshqozon-ichak traktidagi dispepsik buzilishlar bulishi mumkin.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
QO‘LLANILISHI
- Markaziy va vegetativ asab tizimlari funksional buzilishlarida;
- Uzoq davom etuvchi stress holati, kuchli aqliy va emotsional zo‘riqishlarda;
- Asabiylik, emotsional muvozanatsizlik holatlarida;
- Surunkali charchoq, zo‘riqishda;
- Uyqu buzilishida;
- Kardionevrozda;
- Psixosomatik buzilishlarida;
- Klimakterik sindromda.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
3 YOSHDAN KATTA BOLALARGA
KATTALAR
1 tabletkadan kuniga 3 mahal
1-2 ta tabletkadan kuniga 3 mahal
Statsionar sharoitda qo‘shimcha tinchlantiruvchi vosita sifatida 1 tabletkadan kuniga 3 mahal tavsiya etiladi.
Preparat ovqatlanishdan 10-15 daqiqa avval qabul qilinadi.
Surunkali kasalliklarda davolanish davri odatda 20 – 30 kunni tashkil etadi.
Zarurat tug‘ilganda qayta davolash kursi belgilanadi.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Naturosed preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATLARI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlash muddati: 24 oy
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
MIGRENAZ-L
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar va ularning mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Dorivor valeriana ekstrakti (Valeriána officinális)
Qalampirmunchoq ekstrakti (Méntha piperíta)
Ginko biloba ekstrakti (Gīnkgo)
Marvaridgul ekstrakti (Convallária majális)
Oddiy zira ekstrakti (Fructus Carvi)
Qizil do‘lana ekstrakti (Crataégus sanguínea)
Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirit
PREPARATNING TA’SIRI
- Miyada qon aylanishi va miyaning ozuqalanishini yaxshilaydi;
- Hujayralarda moddalar almashinuvi, qonning reologik xususiyati va mikrotsirkulyatsiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
- Bosh miya, mushak va bez to‘qimalarida shishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi;
- Stressga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, stressdan keyingi holatlarni, organizm o‘sishidagi buzilishlarni, uyqu-tetiklik funksiyasini, ta’lim va xotira jarayonlari buzilishlarini, bosh miyaning turli qismlarida distrofik va morfologik o‘zgarishlar pasayishini yaxshilaydi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatga yuqori ta’sirchanlik holati sezilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak. Operatsiya qilishdan oldin preparatdan foydalanganlik haqida shifokorga xabar berish kerak.
Bosh aylanish va quloq bitishi takrorlansa, shifokorga murojaat qilish lozim.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
QO‘LLANILISHI
Migrenaz – L:
– Miya qon aylanishining o‘tkir va surunkali buzilishlari;
– Bosh miyaning yengil chayqalishlari;
– Organizmda qon bosimi pasayishi sindromi (VSD, neyrosirkulyator disfunksiya);
– Arteriya qon tomirlari devorlari (aterosklerotik) kasallanishiga bog‘liq bo‘lgan, yengil kognitiv buzilishlar;
– Xotira va aqliy faoliyatning buzilishi;
– Bosh aylanishi, quloq bitishi, qo‘rquv hissi;
– Dissirkulyator ensefalopatiyaning turli shakllari;
– Qonning periferik va mikrosirkulyatsiyasining buzilishlari (shu qatorda, qo‘l-oyoq arteriopatiyasi va bolalar ortopediyasi) va Reyno sindromini davolashda va profilaktikasida qo‘llaniladi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
4 YOSHDAN 12 YOSHGACHA BO‘LGAN BOLALARGA
KATTALARGA VA 12 YOSHDAN KATTA BOLALARGA
1 tabletkadan kuniga 3 mahal
1 tabletkadan kuniga 3 mahal
Ichkariga, ovqatlanishdan 5-10 minut oldin.
Davolanish davomiyligi 3 oy (ayniqsa, keksa yoshdagilarga).
Qayta davolanish kursi shifokor maslahatidan so‘ng amalga oshiriladi.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
GELMOTOKSIN
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar va ularni mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Oddiy dastarbosh (Tanacétum vulgáre L.)
Qora andiz (Ínula helénium L.)
O‘tkir bargli Sano (Cassia Acutifolia)
Oddiy qulmoq (Húmulus lúpulus L.)
Qovoq (Cucúrbita pépo L.)
Sarimsoq piyoz (Állium satívum L.)
FARMAKOLOGIK TA’SIRI
Oddiy dastarbosh – Gijjalar (askarida va ostritsaga qarshi) va lamblyaga qarshi halokatli ta’sir ko’rsatadi. Safro haydovchi va spazmlarni yechish xususiyatlari bor. Ishtahani ko’taradi, me’da kislotaligini oshiradi va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Bakteritsid, bakteriostatik va insektitsid ta’sirga ega.
Qora andiz – Ovqat hazm qilish traktida, ichaklarda shilliq ajralishini va harakatini me’yorlashtiradi, yallig’lanishni kamaytiradi. Gijjalarga asosan askaridalarga qarshi halokatli ta’sirga ega.
O‘tkir bargli Sano – yengil ich yumshatish xususiyatiga ega. Boshqa ich yumshatuvchi preparatlardan farqi, ichni o’ta suyultirmaydi va qaytalovchi og’riklar chaqirmaydi, shu sababdan bolalarni va keksalarni davolash praktikasida keng qo’llaniladi.
Oddiy qulmoq – Tinchlantiruvchi va yengil uyqu chaqirish xususiyatiga ega.Tarkibidagi biologik moddalar yeg’indisi bakteritsid ta’sir qiladi, achchiq moddalar ovqat hazm bo’lishini yaxshilaydi.
Qovoq – xalq tabobatida qadimdan qullaniladi, urug’ining xar hil lentasimon gijjalar va ostritsalarga halokatli ta’sir ko’satishi eksperimental va klinik tasdiqlangan.
Sarimsoq piyoz– Ishtahani ko’taradi , me’da kislotaligini oshiradi va ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Tarkibidagi efir moyi kuchli bakteritsid, zararsizlantiruvchi ta’siri bilan bir vaqda, organizmning kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlarga qarshiligini kuchaytiradi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Odatda preparatning nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘plab holatlarda preparat yaxshi qabul qilinadi.
Preparatning bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yakka tarzda uchraydigan yuqori sezgirlikda, allergik reaksiyalar, oshqozon-ichak traktidagi dispeptik buzilishlar bo‘lishi mumkin.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri aniqlanmagan.
QO‘LLANILISHI
– Qilbosh gijjalarni davolashda;
– Askaridoz;
– Lentasimon gijjalarni davolashda;
– Lyamblioz (kompleks terapiya tarkibida).
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
KATTALAR
3 YOSDAN KATTA BOLALAR
2 ta tabletkadan kuniga 3 mahal ovqatdan 10-15 daqiqa avval
1 ta tabletkadan kuniga 3 mahal ovqatdan 10-15 daqiqa avval
Davolanish kursi, odatda 21 – 28 kunni tashkil etadi.
Parhezga qat’iyan rioya qilish tavsiya etiladi. Zarurat tug‘ilganda, qayta davolash kursi belgilanadi.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2 S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
ZRENADOL CHERNIKA+
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar va ularning mevalari ekstraktidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega, jigarrang (biroz cho’kma va xira ko‘rinish bo’lishi mumkin ) tusdagi suyuq qiyom bo‘lib, himoyalovchi plombali 100 ml hajmdagi asl flakonlarda qadoqlangan: (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – me’yorlash qoshig‘i – dozator, (3) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Chernika mevasi ekstrakti (Vaccínium myrtíllus)
Do‘lana mevasi ekstrakti (Crataégus)
Igir ekstrakti (Acorus cálamus)
Na’matak mevasi ekstrakti (Rósa majális)
Yordamchi moddalar: 100 ml.gacha tozalangan suv, shakar kukuni, 95 % li etil spirti, kraxmal
PREPARATNING TA’SIRI
- Zrenadol Chernika+ ko‘zlarni charchoqdan, qichishish va sust ko‘rishdan saqlaydi;
- qorong‘ulikka moslashishni yengillishtiradi;
- ko‘z kapillyarlarini mustahkamlaydi, shishish va qizarishni kamaytiradi;
- ko‘z a’zolarini zarur ozuqaviy moddalar – vitaminlar va mikroelementlar bilan ta’minlaydi, vitamin va mikroelementlarning taqchilligi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘z a’zolarining funksional holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, umumiy mustahkamlovchi ta’sirga ega tabiiy mahsulotdir.
- Chernika antotsianozidlari ko‘z to‘r pardasi pigmentining yorug‘lik sezuvchanligini qayta tiklaydi, turli yorug‘lik o‘zgarishlariga sezgirlikni oshiradi, ko‘zni qorong‘ilikka yaxshi moslashishiga yordam beradi, yorug‘likda xira ko‘rishni yaxshilaydi.
- Chernikaning faol moddalari hujayra membranalar egiluvchanligini oshiradi va ko‘z pardasiga qon quyilishini yaxshilaydi, qon tomirlari, shuningdek, ko‘z tubi qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi.
- Bioflavonoidli chernika qo‘shimchasi va C vitamini (na’matakning asosiy komponenti) ko‘rish a’zolarida qon aylanishni kuchaytiradi, ko‘z ichki bosimini tushiradi va antioksidant xususiyatga ham ega, ya’ni mustaqil radikallar ta’sirida ko‘z to‘qimalari shikastlanishining oldini oladi.
- Bundan tashqari, ular mikroblarga qarshi va yaralangan a’zolarni bitkizuvchi xususiyatlarga ega.
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga organizm ta’sirchanligi yuqori bo’lgan holatlarda, allergik reaksiyalar ehtimoli mavjud.
MAXSUS KO’RSATMA
Preparatni qo‘llashdan oldin, chayqating.
Flakon ochilgandan so‘ng salqin joyda saqlansin. Isitilmasin va muzlatilmasin.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
QO‘LLANILISHI
Zrenadol Chernika+ quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:
- Ko‘rish a’zolari kasalliklari kompleks terapiyasi va profilaktikasida;
- Ko‘zning og‘ir zo‘riqishida (kompyuterda ishlash, uzoq muddat avtomobil haydash yoki uzoq muddat quyosh yorug‘ligida bo‘lish);
- Ko‘z tomir patologiyasi kompleks terapiyasida (katarakta, glaukoma, miopiya);
- Shabko‘rlikda ( qorong‘uda ko‘rishi yomonlashgan bemorlarda).
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
3 YOSHDAN 7 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR
7 YOSHDAN 14 YOSHGACHA BO’LGAN BOLALAR
KATTALAR VA 14 YOSHDAN KATTA BOLALAR
1,5-2 ml.dan kuniga 2 mahal
2,5 ml.dan kuniga 3 mahal
5 ml.dan kuniga 2 mahal
Preparat ovqatlanish paytida yetarlicha suv bilan ichiladi.
Preparatni qabul qilish davomiyligi – 1 oy. Takroriy davolanish bir haftadan keyin.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.
SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy.
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.
FORTALIV
- Retseptsiz
- Yuklab olish
- Ulashish:
- MAHSULOT HAQIDA
- Qo'llanma
TARKIBI VA ISHLAB CHIQARILISH SHAKLI
Tabiiy o‘simliklar va ularning mevasidan tarkib topgan, o‘ziga xos hidga ega tabletkalar – shakli dumaloq, ikki tomoni qabariq, och jigarrang tusda. 0,5 gr.dan 60 dona. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda yoki blisterda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Tarkibi:
Bo‘znoch (Helichrýsum arenárium L)
Oddiy repeshok (Agrimónia eupatória L.)
Makkajo‘xori popugi (Stigmata Maydis L.)
Dastarbosh (Tanacétum vulgáre L.)
Dog‘li rastoropsha (Sílybum mariánum L.)
PREPARATNING TA’SIRI
- Preperat gepatoprotektor vazifasini bajarib, jigar to‘qimalari regeneratsiyasini va ularning biosintetik funksiyasini faollashtiradi.
- Jigar to‘qimalarida toksinlarning ta’sirini pasaytiradi va safro haydash yo‘llarining diskeneziyasi alomatlarini bartaraf etadi.
- Ishtahani va ovqat hazm qilish faoliyatini yaxshilashga hizmat qiladi.
- Safro haydash, antioksidant, shamollashga qarshi va yengil siydik haydash xususiyatiga ega.
NOJO‘YA TA’SIRI
Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatning ba’zi tarkibiy komponentamlariga yuqori sezuvchanlik holatlarida allergik reaksiyalar, oshqozon-ichak traktidagi dispeptik buzilishlar kuzatilishi mumkin.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.
BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.
QO‘LLANILISHI
Preparat quyidagi kasalliklarda qo’llaniladi:
- turli etiologiyali (virusli, dorivor, alkogol va boshqa) surunkali va o‘tkir gepatitlarda (rekonvalessensiya davrida);
- jigar sirrozida va sirroz oldi holatlarda (kompleks terapiya tarkibida);
- jigar-yog‘ distrofiyasida va safro haydash yo‘llari diskineziyasida;
- xoletsistitda.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
Preparatning ba’zi tarkibiy komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.
3 YOSHDAN KATTA BOLALAR
KATTALAR
1 ta tabletkadan kuniga 2 mahal, taom iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa avval.
2 ta tabletkadan kuniga 3 mahal, taom iste’mol qilishdan 5-10 daqiqa avval.
Surunkali kasalliklarda davolanish kursi odatda 20–30 kunni tashkil etadi.
Zarurat tug‘ilganda qayta davolash kursi belgilanadi.
PREPARATNING ME’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
Fortaliv preparatining me’yordan ortiq qabul qilinishi natijasida paydo bo‘ladigan noxush holatlar haqida xabar qilinmagan.
SAQLASH ShAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 2 yil
Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.