• MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma

TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Qattiq jelatinli kapsulalar,  450mg.dan

1 kapsula tarkibi:

Asosiy komponentlar:

Kollagen  II tipi – 40mg

Natriy gialuronat – 40mg

Boswellia Serrata ekstrakti – 100mg

To‘ldiruvchilar – kerakli miqdorda.

 

KIMYOVIY TARKIBI VA XUSUSIYATLARI: 

Kollagen II (UC-II) tipi asosiy komponent hisoblanib,  denaturlashmagan kollagen II tipining patentlangan formasi (ya’ni kollagen yuqori temperatura yoki kimyoviy moddalar bilan qayta ishlanmaydi).

UC-II tarkibidagi denaturlashmagan kollagen gidrolizlangan yoki denaturlashgan kollagendan shu bilan farq qiladiki, u faol immunomodulyatorlar saqlaydi, ular ta’sirida kollagen  II tipini yemiruvchi fermentlar sekresiyasini kamaytiradi, bu bilan yallig‘lanish reayaksiyalarini susaytiradi.

Gialuron kislotasi terida va bo‘g‘imlarda namlikni ushlashga yordam beradi. Gialuron kislotasi tog‘aylar uchun shilimshiq, amortizasiya muhitini yaratadi va bo‘g‘im to‘qimalari zararlanishini oldini oladi. Gialuron kislotasining qo‘shimcha qabul qilinishi to‘qimalarning shaxsiy gialuron kislotasini stimullaydi va tog‘ayda regeneratsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlaydi.

Boswellia Serrata  ekstrakti  yallig‘lanishga qarshi, anal’getik, antiseptik, gijjalarga qarshi, siydik haydovchi, yaralarni bitkazuvchi xususiyatlarga ega. Bosveliyaning dorivor xususiyatlaridan qo‘yidagi holatlarda: artritda, revmatizmda, osteoxondrozda, podagrada, bel og‘rig‘ida, harakat-tayanch apparatiga  kuchli yuklanmalarda bo‘g‘imlar harakatini va muskullar egiluvchanligini saqlaydi, bo‘g‘imlarda og‘riqni kamaytiradi, harakat-tayanch apparati uchun ozuqaviy ta’minotni qo‘llab-quvvatlaydi.

Bosveliya tarkibidagi smolaning asosiy ta’sir qiluvchi moddasi pentasiklik triterpen kislotalari : β-bosvelli, asetil-β-bosvelli, asetil-11-keto-β-bosvelli kislotalari hisoblanadi. Smola ekstrakti  va individual bosvelliya kislotalari bilan o‘tkazilgan tadqiqotlar va klinika natijalari yaqqol yallig‘lanishga qarshi va antirevmotoid xususiyatini , bundan tashqari, anal’getik va antibakterial ta’siri ham borligini ko‘rsatadi.

Bosveliyaning ta’sir mexanizmi leykotrienlar sintezini bloklashga asoslangan va yallig‘lanishga qarshi nesteroid preparatlar  ta’siriga o‘hshash  bo‘lib, birgina farqi – bosveliyaning organizmga nojo‘ya ta’siri kuzatilmaydi.

QO‘LLANILISHI

  • Regeneratsiya jarayonini tezlashtiradi;
  • Og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi vosita;
  • Bo‘g‘imlar faoliyatini yaxshilaydi;
  • Medikamentoz terapiyaning zararli ta’sirlaridan tog‘ay to‘qimalarini himoya qiladi;
  • Artroz;
  • Artrit;
  • Osteoxondroz;
  • Spondilez;
  • Mushak – skelet tizimining xar xil degenerativ – distrofik kasalliklarida.

 

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat mikdori, davolovchi vrach tomonidan  har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

Birinchi 3 hafta mobaynida:  1 kapsuladan 2 maxal kuniga, 4 chi  xaftadan  1 kapsuladan 1 maxal kuniga.

Davolanish kursi davomiyligi, odatda 3 oydan 6 oygacha.

Davoni o‘zaytirishning har qanday holatida mutaxasis maslahati kerak bo‘ladi.

 

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

  • Homiladorlik va emizikli davrda.
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
  • Tromboflebitlar va qon uvishishi me’yorining bo‘zilishlarida
  • Qandli diabet.
  • Bo‘yrak va jigar yetishmovchiligi bilan kechadigan og‘ir xastaliklar.
  • Yakka tartibdagi yuqori sezuvchanlik.

 

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +25°C gacha  haroratda saqlanishi lozim.

Saqlanish muddati – 24 oy.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3

FEMISTA

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma

TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Har bir sashe paketlarida :
L-arginin – 900 mg

Viteks ekstrakti – 80 mg

Vitamin В9 (metilfolat) – 400 mkg

Vitamin E – 15 mg

Vitamin C – 90 mg             

Vitamin В6 – 2 mg             

Vitamin В2 – 2 mg

Sink – 12 mg        

Selen – 55 mkg    

Yod – 150 mkg    

Magniy – 80 mg

 

Qo‘shimcha ingredientlar: Yetarli miqdorda.

Qutida 30 dona sashe paketlar.

 

PREPARATNING TA’SIRI

Mahsulot tarkibida vitaminlar, minerallar, aminokislotalar arginin va vitex ekstrakti mavjud. Ushbu moddalar hayz davrini va umuman reproduktiv tizimning faoliyatini normallashtirishga yordam beradi.

L-arginin aminokislota hisoblanib, undan azot kislotasi hosil buladi, bu esa uz navbatida tomirlar kengayishiga tasir kursatib va natijada qon aylanishini va to’qimalarning va kichik chanoq  a’zolarini kislorod bilan to’yinganligini yaxshilaydi. Bu reproduktiv tizim organlarining holatini yaxshilaydi va uruglanish ehtimolligini oshiradi.

Viteks ekstrakti homiladorlik gormoni progesteron ishlab chiqarishni rag’batlantiradi va shu bilan birga prolaktin gormoni chiqarilishini kamaytiradi. Yuqori darajadagi prolaktinning progesteron etishmasligi bilan birikmasi urug’lantirilgan tuxumni implantatsiya qilishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun, Vitexni qabul qilish, homiladorlikning mumkin bo’lgan muvaffaqiyatsizligining sababini yo’q qiladi. Vitex ekstrakti faqat yuqori prolaktinga nisbatan ta’sir qiladi. Prolaktin darajasi normal bo’lgan ayollarda u kamaymaydi.

B9 vitamini (foliy kislotasi, metilfolat) hujayra bo’linishi va o’sishi uchun zarurdir, shuning uchun tananing jadal rivojlanish davrida (intrauterin rivojlanishning dastlabki bosqichida) ko’proq miqdorda talab qilinadi. Folik kislota bachadonda platsenta va yangi qon tomirlarining shakllanishida ham muhim rol o’ynaydi. Uruglanishga tayyorgarlik ko’rish va homiladorlik davrida foliy kislotasini qabul qilish homiladorlikning muddatidan oldin tugashi, qon ketishi va yangi tug’ilgan chaqaloqlarda asab naychalari nuqsonlari rivojlanishi xavfini kamaytiradi.

E vitamini to’qimalarning kislorod bilan to’yinganligini yaxshilaydi va oqsillar, yog’lar va uglevodlar almashinuvi uchun zarur.              E vitaminining antioksidant funktsiyasi muhim ahamiyatga ega, buning natijasida u hujayralarni erkin radikallarning zararli ta’siridan himoya qiladi. E vitamin kamligida ayol organizmida doimiy ravishda mushaklar kuchsizligini, og’riqni his qiladi va majburiy abort qilish xavfi ortadi. Onaning tanasida E vitamini etishmasligi erta tug’ilgan chaqaloqlarga ta’sir qilishi mumkin yani ularda ko’rish buzilishi va gemolitik anemiya bo’lishi mumkin.

C vitamini kollagen sintezini (qon tomirlari va suyak to’qimalari devorlarining asosiy bog’lovchi elementi) qo’llab-quvvatlaydi, xolesterin almashinuvida, uglevod almashinuvi jarayonlarida va ko’plab muhim biokimyoviy reaktsiyalarda ishtirok etadi. S vitamini ham kapillyarlarni mustahkamlaydi va yallig’lanishga qarshi xususiyatlarga ega. S vitamini etishmovchiligi membranalarning erta yorilishiga olib kelishi mumkin.

B6 vitamini aminokislotalarning sintezi uchun zarur bo’lib, ulardan oqsillar hosil bo’ladi – yangi organizm hujayralari uchun asosiy «qurilish materiali»dir. Shuningdek, u bolaning miyasi va asab tizimining normal rivojlanishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, B6 vitamini asabiylashish va tajovuzkorlikni kamaytiradi va homiladorlikning birinchi yarmida toksikozning namoyon bo’lishini kamaytiradi.

Vitamin B2 (riboflavin) platsentaning shakllanishi va rivojlanishida ishtirok etadi va shuning uchun homiladorlikning juda erta bosqichlarida (ayol hali buni bilmasligi mumkin) talab qilinadi. Ko’pgina kombinatsiyalangan og’iz kontratseptivlari B2 vitamini metabolizmiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun uni qabul qilish uruglanishga tayyorgarlik paytida tavsiya etiladi.

Sink homiladorlik davri uchun eng muhim elementlardan biridir. Hujayra yadrosining shakllanishi va rivojlanishi, shuningdek hujayra o’sishi va bo’linishi uchun zarur bo’lgan genetik apparatning ishlashi uchun zarur. Sink nuklein kislotalar, oqsillar, yog’lar va uglevodlar sintezini tartibga solishda ishtirok etadi. Sinkni qabul qilish platsentaning erta ajralishi, murakkab tug’ilish, bolaning tug’ma nuqsonlari va boshqa muammolarning oldini olishga yordam beradi.

Selen ko’p miqdordagi fermentlarning tarkibiy qismi hisoblanib, shu jumladan tug’ilish qobiliyatini oshirish (uruglanish hususiyati) ham. Selen etishmovchiligi gormonal muvozanatga va og’ir metallarning toksik ta’sirining kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Yod gipofiz bezi va jinsiy gormonlar bilan faol o’zaro ta’sir qiluvchi eng muhim gormon tiroksinning bir qismidir. Ayol tanasida yod yetishmasligi uruglanishning pasayishiga va hissiy zaiflikka olib keladi. Homiladorlik davrida ushbu mikroelementning yetishmasligi homilaning tugma porogiga sabab buladi.

Magniy tanadagi 300 dan ortiq biokimyoviy jarayonlarni tartibga soladi, shu jumladan, protein sintezi va aminokislotalarning faollashishi homiladorlik davrida ayniqsa jadal sodir bo’ladi. Magniy, shuningdek, hujayralar orasidagi elektr signallarining uzatilishini ham ta’minlaydi. Magniy etishmovchiligi ayollarda keng tarqalgan bulib va homiladorlik davrida ayniqsa xavflidir, chunki homila rivojlanishining kechikishi, homila tushishi, eklampsiyaga sabab bo’lishi mumkin.

 

NOJO‘YA TA’SIRI

Mahsulot qabul qilinganda nojuya tasirlar kuzatilmagan.

 

MAXSUS KO’RSATMALAR

Biologik faol qushimcha modda dori vositasi hisoblanmaydi.

Foydalanishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Qalqonsimon bez kasalliklari bo’lgan bemorlar foydalanishdan oldin endokrinolog bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Mahsulotning afzalliklari:

  • hayz davrini normallashtiradi;
  • endometriya qalinligini optimal qiymatlarga normallashtiradi;
  • funksional giperprolaktinemiyada prolaktin darajasini pasaytiradi;
  • ayol jinsiy tizimining holatini yaxshilaydi;
  • homiladorlik darajasini 2 barobar oshiradi;
  • klinik tadqiqot ma’lumotlariga ko’ra EKO natijalarini yaxshilaydi.

 

QO‘LLANILISHI

  • Ayollar uchun biologik faol oziq-ovqat qo’shimchasi sifatida – L-arginin,  C, E, B2, B6, B9 vitaminlari (foliy kislotasi), makro va mikroelementlarning (magniy, selen, rux, yod) qo’shimcha manbai hisoblanib – homiladorlik va uruglanishga tayyorgarlik ko’rishda, shuningdek, ayollarning reproduktiv tizimi kasalliklarini kompleks davolashda qullaniladi.
  • Tug’ilish qobiliyati pasaygan, doimiy stress va jismoniy harakatlar zo’raygan holatlarda; og’iz orqali kontratseptivlar qabul qilingandan keyin; 35 yoshdan oshgan ayollar uchun tavsiya etiladi.

 

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Mahsulot tarkibiy qismlariga individual sezgirlik, homiladorlik, emizish davri, uglevod almashinuvining buzilishi holatlarida.

 

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Ayollarga kuniga 1 marta 1 sashe paketdan ovqatdan keyin buyuriladi.

Ushbu mahsulotni homiladorlikka tayyorlanishdan 3 oy oldin qabul qilishni boshlash tavsiya etiladi.

Davolashning davomiyligi – 1 oy. Shifokor tavsiyasiga ko’ra, davolanish kursi homiladorlikgacha uzaytirilishi mumkin.

Homiladorlik sodir bo’lgandan keyin mahsulotni to’xtatish kerak.

 

PREPARATNING ME’ERDAN ORTIQ  QABUL QILINIShI

Preparatini me’yordan ortiq qabul qilinishi oqibatida paydo bo‘ladigan noxush holatlar aniqlanmagan.

 

SAQLASH ShAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanishi lozim.

Saqlanish muddati – 2 yil.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3

CARBOFER

  • MAHSULOT HAQIDA
  • Qo'llanma

TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI

Har bir kapsulada quyidagilar mavjud:

Temir bisglisinat xelat – 20 mg

Sink – 12,5 mg

Askorbin kislotasi – 50 mg

L – metilfolat – 300 mkg

B12 vitamini – 2,6 mkg

 Qo’shimcha moddalar:  Yetarli miqdorda.

Qutida 30 kapsula.

 

PREPARATNING TA’SIRI

CARBOFER tarkibida temir bisglisinat xelat, sink, askorbin kislotasi , L – metilfolat, B12 vitaminini o’z ichiga olgan moddalar majmuasidir. Ushbu biologik faol qushimcha organizmni vitaminlar va temir bilan ta’minlashga yordam beradi. CARBOFER – oddiy temir preparat bilan taqqoslaganda bir qator afzalliklarga ega bo’lgan temir bisglisinat xelatni o’z ichiga oladi.

Temir bisglisinat xelat Vitamin C bilan  yuqori darajada suriladigan, yengil qabul qilinadigan temirning biologik mavjud shakli bo’lib, organizmdagi normal gematopoezni qo’llab-quvvatlash, temir tanqisligini to’ldirish, kamqonlikning oldini olish va inson immunitet tizimining optimal ishlashini ta’minlash uchun muvozanatli kompleksdir.

Temir qon miqdorini normallashtirishga, organizmdagi kislorodni tashishga va gemoglobinni shakllantirishga va anemiyaning oldini olishga yordam beradigan mineraldir.

UNICEF homiladorlik paytida ayollarga temir moddasini foliy kislotasi va sink bilan birlashtirishni ushbu moddalarning etishmasligini oldini olish uchun tavsiya qiladi.

Sink temirning normal metabolizmi, kamqonlikning oldini olish, erta tugilish holatlarini oldini olish  va immunitet tizimini mustahkamlash uchun foydalidir. Sink 300 dan ortiq fermentlar va gormonlar tarkibiga kiradi, albatta ularning normal ishlamasligidan,  hayotiy energiyani saqlash qiyin.

Askorbin kislotasi organizmga metabolik ta’sir ko’rsatib, inson tanasida hosil bo’lmaydi va faqat oziq-ovqat bilan kirib keladi. Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, uglevod almashinuvini, qon ivishini, to’qimalarning yangilanishini tartibga solishda ishtirok etadi; organizmning infektsiyalarga chidamliligini oshiradi, qon tomirlarining o’tkazuvchanligini pasaytiradi. Temir, foliy kislotasi, gistamin almashinuvida, uglevodlarni utilizatsiya qilishda, lipidlar, oqsillar, karnitin sintezi va immun reaktsiyalarida ishtirok etadi. Antiagregant va antioksidant xususiyatlarga ega. C vitamini temirning biologik mavjudligini sezilarli darajada oshiradi, uning birikmalarining eruvchanligini ta’minlaydi, shuningdek, organizmdagi immun tizimining normal ishlashini qo’llab-quvvatlaydi va hujayralarni oksidlovchi stressdan himoya qilishga yordam beradi va antioksidant xususiyatlarga ega.

L – metilfolat ko’rinishidagi foliy kislotasi gematopoetik organlarning funktsiyalarini tartibga solish jarayonlarida faol ishtirok etadi va makrositar anemiyada anemiyaga qarshi ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek, u ichak va jigar funktsiyalariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, jigarda xolin miqdorini oshiradi va uning yog’li infiltratsiyasini oldini oladi. Folik kislota immunitet tizimini qo’llab-quvvatlaydi va oq qon hujayralarining normal shakllanishi va ishlashiga yordam beradi. Homiladorlik paytida foliy kislotasi muhim rol o’ynaydi. U embrion nerv hujayralarining shakllanishini tartibga soladi, bu normal rivojlanish uchun juda muhimdir. Folik kislota dezoksiribonuklein kislotasi yoki DNK hosil bo’lishida ishtirok etadi, bu genetik ma’lumotni avloddan avlodga saqlash va uzatishni ta’minlaydi.

B12 vitamini gematopoetik organlarning faoliyatini tartibga solishda muhim rol o’ynaydi: purin va pirimidin asoslarini, eritropoez jarayoni uchun zarur bo’lgan nuklein kislotalarni sintez qilishda ishtirok etadi va eritrositlarda sulfgidril guruhlari bo’lgan birikmalarning to’planishiga faol ta’sir qiladi. B12 vitamini, shuningdek, transmetilatsiya, vodorodni uzatish jarayonlarida ishtirok etadi va metionin sintezini faollashtiradi. Organizmda oqsillarni sintez qilish va to’plash qobiliyatini kuchaytiradi va anabolik ta’sir ko’rsatadi.

 

NOJO’YA TA’SIRLARI

Ba,zi holatlarda oshqozon-ichak traktida noqulayliklar: yani ko’ngil aynish, anoreksiya, qusish, ich qotishi va diareya kabi holatlar. Bemor ahlati tuq rangda kelishi haqida shikoyat qilishlari mumkin. Oshqozon-ichak traktining tirnash xususiyati ehtimolini kamaytirish uchun temir karbonil granulalari kapsulalarga kiritilgan. Kamdan kam hollarda allergik reaktsiya bo’lishi mumkin.

Agar siz jiddiy nojuya ta’sirga duch kelsangiz, darhol BFQni qabul qilishni to’xtatib, shifokor bilan maslahatlashing.

.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O’ZARO TA’SIRI

Hech qanday preparatlar  bilan o’zaro ta’sir ko’rsatgan dalillar yo’q.

QO’LLANILISHI

Temir tanqisligi anemiyasi.

Folik kislota etishmovchiligi. Bir vaqtning o’zida foliy kislotasi etishmovchiligi bilan Fe tanqisligining oldini olish.

B12 vitamini etishmovchiligi. Bir vaqtning o’zida B12 vitamini etishmovchiligi bilan Fe tanqisligining oldini olish. Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi trimestrlarida, tug’ruqdan keyingi davrda, emizishda temir va foliy kislotasi etishmovchiligining oldini olish.

 

MA’N ETILGAN HOLATLAR

Uning har qanday tarkibiy qismlariga, yuqori sezgirlik yoki organizmda temirning haddan tashqari kupligi holatlarida. Surunkali gipervitaminoz; homiladorlikning anormalliklari; qonni suyultiradigan dorilar qabul qilinayotganda; plastik anemiya.

Buyrak etishmovchiligi bo’lgan bemorlar sink to’planishi xavfi ostida bo’lishi mumkin.

 

QO’LLASH USULI VA DOZALARI

Kattalar: ovqatdan oldin bitta kapsuladan kuniga ikki marta. Davolash kursining davomiyligi davolovchi shifokor tomonidan belgilanadi.

.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda, yorug’likdan himoyalangan joyda, + 2°C dan + 25°C gacha haroratda saqlanadi.

Yaroqlilik muddati – 2 yil. 

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3
  • Yangiliklar
  • Юртимизда крикет турнири илиқ қарши олинди

Юртимизда крикет турнири илиқ қарши олинди

2155

Ўтган ҳафтанинг дам олиш кунлари мамлакатимиз спортида эътиборли воқеликлар рўй бергани билан ёдимизда қолмоқда. Кун давомида юртимизда поло бўйича дастлабки мусобақа ўтгани ҳақида хабар берган эдик. Шунингдек, ҳафта якунида мамлакатимизга янги кириб келган спорт турларидан бири крикет бўйича ҳам илк турнир ўтказилди.

Юртимизда крикет федерациясининг ташкил топганига кўп вақт бўлмади. Қисқа фурсат ичида 2 нафар мураббийимиз Ҳиндистондаги крикет академиясида таҳсил олиб қайтишди ва ҳозир юртимиз ёшлари билан билимларини улашмоқдалар. Ҳозирги кунда мамлакатимизда “Барлос” ва “Афросиёб” крикет жамоалари фаолияти бошланган. Кеча ушбу жамоалар “ANFA TASHKENT T20” мусобақаси доирасида куч синашишди.

Беллашувни Миллий олимпия қўмитаси раҳбарияти, шунингдек, Жисмоний тарбия ва спорт вазирлиги, Ўзбекистон крикет федерацияси мутасаддилари ҳам кузатиб боришди. Айтиш мумкинки, ушбу крикет мусобақаси йиғилган мутахассисларда илиқ таассурот қолдирди. Дастлабки ўйинда “Барлос” жамоасининг қўли баланд келди.

Маълумот учун, Ўзбекистон крикет федерацияси Ўзбекистон Республикаси ҳудудида крикет спорт турини ривожлантириш ва оммалаштириш, халқаро талаб ва стандартлар асосида крикет бўйича спортчилар, мураббий ва ҳакамларни тайёрлаш ҳамда крикет спорти бўйича мусобақалар ўтказиш фаолиятини амалга ошириб келаётган, давлат органлари ва бошқа ташкилотлар томонидан тан олинган нодавлат нотижорат ташкилоти ҳисобланади. Ўзбекистон крикет федерацияси 2019 йил 29 ноябрда ташкил этилиб, Адлия вазирлигидан 910-сонли Гувохнома билан рўйхатдан ўтган.

Navro’z ayyomingiz muborak!

5265

«ANFA PHARMACEUTICALS» kompaniyasi barcha yurtdoshlarimizni bahoriy ayyom, Navro’z bayrami bilan muborakbod etadi. Sizlarga sog’lik – salomatlik, omad va farovonlik, hamda oilalaringizga ofiyat tilaydi. Barcha o’ylagan niyatlaringizga yetib yuring. Doimo xursandchilik, baxt va saodat, tinchlik va xotirjamlik hamrohingiz bo’lsin!

  • Yangiliklar
  • «ANFA PHARMACEUTICALS» jamoasi FOOD EXPO GREECE 2018 da ishtirok etdi

«ANFA PHARMACEUTICALS» jamoasi FOOD EXPO GREECE 2018 da ishtirok etdi

3485

AGM Group tarkibiga kiruvchi «ANFA PHARMACEUTICALS» MCHJ va «Oriental Food and Beverages» MCHJ, FOOD EXPO GREECE 2018 ko’rgazmasida ishtirok etdi.

Joriy yilning 10-12 mart kunlari Afinada FOOD EXPO GREECE 2018 bo’lib o’tdi. Bu tadbir 2014 yildagi birinchi ko’rgazmadan beri Janubi-Sharqiy Yevropadagi eng yirik mintaqaviy oziq-ovqat va ichimliklar ko’rgazmasi hisoblanadi. Bu vaqt ichida FOOD EXPO dunyodagi eng tez rivojlanayotgan oziq-ovqat va ichimliklar ko’rgazmalaridan biriga aylandi.

O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O’zmilliybank huzuridagi Eksportni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining Gretsiyadagi Bosh konsulxonasining bevosita ko’magi bilan o’zbek tomoni hozirgi FOOD EXPO 2018 ko’rgazmasida birinchi marta milliy pavilyon bilan qatnashdi. Xususan, O’zbekiston Respublikasining 30 ta kichik va o’rta biznes vakillari qatnashgan, ulardan 12 tasi stendlar bilan ta’minlangan.

Ushbu tadbir doirasida mahalliy farmatsevtika bozorining yetakchilaridan biri bo’lgan «Oriental Food And Beverages» va «ANFA PHARMACEUTICALS» farmatsevtika kompaniyalari o’zlarining mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabni FOOD EXPO GREECE 2018 eng yirik ko’rgazmasida tasdiqladilar.

«AGM Group» ushbu ko’rgazma davomida eng zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan, ishonchliligi va yuqori sifat ila ishlab chiqarilgan biologik faol oziq-ovqat qo’shimchalari va makaron mahsulotlarini namoyish etdi.

Ko’rgazmada O’zbekiston tomonining Gretsiya, Gollandiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Chexiya, Pokiston, Polsha, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni va XXR biznes vakillari bilan yuzdan ortiq B2B uchrashuvlari tashkil etildi.

Ushbu beshinchi marotaba o’tkazilayotgan ko’rgazma 55000 m² maydonni qamrab olgan bo’lib, ayni tadbirda 22 mamlakatdan (Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Gretsiya, Misr, Xitoy, Koreya Respublikasi, Kipr, Livan, Makedoniya, Gollandiya, Yangi Zelandiya, Hindiston, Ispaniya, Italiya, Isroil, Polsha, Ruminiya, Serbiya, Turkiya, AQSh, O’zbekiston) 1300 dan ortiq eksponentlar ishtirok etishdi.

Tadbirda 70 mingdan ziyod kishi, shu jumladan 65 mamlakatdan 3,5 ming xorijiy mutaxassis va xaridor ishtirok etdi, 15 mingdan ortiq B2B uchrashuvlari bo’lib o’tdi.

Shuningdek, ko’rgazma davomida O’zbekistondan tashrif buyurgan kompaniyalar raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida oziq-ovqat sanoati sohasidagi ilg’or xorijiy innovatsion texnologiyalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak!

4655

ANFA PHARMACEUTICALS kompaniyasi barcha ayollarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaydi! Ayollar har doim oila va jamiyat uchun ilhom manbai.

Shveytsariya bilan yangi hamkorlik

4623

Shveytsariyaga tashrifi davomida kompaniya rahbari Aziz Gaybullaevich bir nechta yirik farmatsevtika kompaniyalari bilan muzokaralar olib bordi va hamkorlik to’g’risida bitimlar imzoladi.

BAA bilan yangi hamkorlik

2746

Ayni paytda kompaniya BAAning Dubay shahriga mahsulotlarimizni eksport qilish uchun muzokaralar orqali chet el valyutasini jalb qilmoqda.

  • Yangiliklar
  • Aziz Gaybullaevich «MEDICAL EXPRESS» jurnaliga intervyu berdi

Aziz Gaybullaevich «MEDICAL EXPRESS» jurnaliga intervyu berdi

3141

Diqqat, e’lon! Hurmatli Medical Express jurnalining obunachilari! Jurnalning 3,2017-sonli nashri 1 sentabr – O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kunida chop etish rejalashtirilgan.
№3,2017 jurnalining muqovasi ANFA PHARMACEUTICALS, mahalliy ishlab chiqaruvchi faoliyatiga bag’ishlangan.
Sizning e’tiboringizga ANFA PHARMACEUTICALS bosh direktori Aziz Gaybullaevich Mixliyev bilan videomuloqotni taqdim etamiz.