DOLGOJITEL №3

  • Dori xaqida
  • Qo'llanma

DOLGOJITEL № 3 – YURAK-QON TOMIR TIZIMI FAOLIYATINI YAXSHILASH UCHUN

CHIQARILISH SHAKLI VA TARKIBI

Dolgojitel №3 0,25 gr. kapsula, 60 donadan himoyalovchi plombali original flakonlarda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:

Digidrokversetin (Taxifolin) 92% 50 mg.
Askorbin kislotasi 25 mg.
Kraxmal 175 mg.
PREPARATNING TA’SIRI
  • Qon tomirlari devorini va kapillyarlarini mustahkamlaydi, chidamliligini va elastikligini oshiradi;
  • Tomirlardagi qonning harakati tezligini oshiradi, shu bilan birga kapillyar oqimi tonusi va mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi;
  • Ko‘pgina yurak qon-tomir kasalliklari sababchisi bo‘lgan ichki tromblarni hosil bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatadi;
  • Qonning quyushqoqligi, ivuvchanligi va reologik xususiyatlarini yaxshilaydi, eritrotsitlar agregatsiyasini zaiflashtiradi, qonning quyuqligi oshishi sindromi bilan kechadigan ba’zi bir (yurak va bosh miya ishemiyasi, arterial gipertenziya, diabet) kasalliklarda  eritrotsitlarning shaklini o‘zgartirish xususiyatini yaxshilaydi;
  • Organizmda yallig‘lanish jarayonining yaqqol belgilarini  pasaytirishi natijasida, membranostabil faollik ta’sirga ega bo‘ladi;
  • Jigarda va qon zardobida xolesterin va lipidlar miqdorini kamaytiradi;
  • Qon tomirlarda yoshga bog‘liq bo‘lgan potologik o‘zgarishlarni to‘xtatadi va  qon tomir kasalliklarining rivojlanishini sekinlashtiradi;
  • Qon tomirlar o‘tkazuvchanligiga va tomirlarda tromblar hosil bo‘lishining pasayishiga  ijobiy ta’sir ko‘rsatib, qandli diabetda uchraydigan,  diabetga xos qon tomirlar  asoratlarining rivojlanish  xavfini  pasaytiradi.
NOJO‘YA TA’SIRI

Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

KO’RSATMA

Yurak qon-tomir kasalliklari kompleks terapiyasi tarkibida qo‘llanilganda:
Aterosklerozda:
«Dolgojitel №3» preparatini qo‘llash jarayonida, umumiy xolesterin miqdori va aterogen fraksiyasi kamayadi, qon zardobining aterogen koeffitsiyenti pasayadi, qonda esa triglitseridlar miqdori kamayadi. Bu esa o‘z o‘rnida ateroskleroz kasalligi klinik belgilarining pasayishiga olib keladi.
Yurak ishemik kasalligi, yurak yetishmovchiligi va yurak ritmi buzilishida:
«Dolgojitel № 3» qonning reologik xususiyatlariga ijobiy ta’sir etadi, eritrotsitlar membranasining holatini yaxshilaydi, eritrotsitlar membranostabilligi faolligini oshiradi va gemodinamik ko‘rsatkichlarni yaxshilaydi.
I va II darajali arterial gipertoniyada:
«Dolgojitel № 3» ta’sirida arterial qon bosimi me’yorlashishi kuzatiladi, qon bosimining kunlik o‘zgarib to‘rishi amplitudasi pasayadi,  qon tomirlar devori tonusi va bosh miyada qon aylanishi yaxshilanadi, natijada bosh og‘rishi va bosh aylanishi kamayadi.
Insult va infarktdan keyingi reabilitatsiya davrida va profilaktikasida:
«Dolgojitel № 3» mikrosirkulyatsiyani tiklaydi, vena qon tomirlarida qon oqimini yaxshilaydi, gipoksiyani kamaytiradi va hujayralarda modda almashinuvi jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kasallikning qaytalanishini profilaktika qiladi.

QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

9 YOSHDAN 18 YOSHGACHA BO‘LGANLARGA

19 YOSH VA KATTALARGA

1 kapsuladan 2 mahal, ovqat bilan birga.

1 kapsuladan 3 mahal, ovqat bilan birga.

QABUL QILISH DAVOMIYLIGI

4-8 hafta.

Qayta qabul qilish kursi 2 haftadan so‘ng.
Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy

Dori vositasi emas.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3