DOLGOJITEL №2

  • Dori xaqida
  • Qo'llanma

DOLGOJITEL № 2 – UMUMTETIKLASHTIRUVCHI

CHIQARILISH SHAKLI VA TARKIBI

Dolgojitel №2 0,25 gr. kapsula, 60 donadan himoyalovchi plombali original flakonlarda qodoqlangan. (1) – himoyalovchi golografik yorliqli karton o‘ramlar, (2) – qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.

Tarkibi:
1 kapsula (0,25 gr.)

Digidrokversetin (Taxifolin) 92% 45 mg.
Askorbin kislotasi 25 mg.
Kraxmal 180 mg.
KO‘RSATMA
  • Ushbu vosita zamonaviy hayot tarzi sharoitida har qanday shaxs uchun zarur bo‘lgan umumtetiklashtiruvchi preparat hisoblanadi.
  • Umumiy holsizlik, jismoniy va intellektual faollikning susayishi, hayolparishonlik va depressiya (tushkinlik) – bu belgilar to‘qimalarning kislorod va oziqlantiruvchi moddalar bilan kam ta’minlanishi va organizm uchun zararli bo‘lgan moddalarni tanadan chiqarib tashlash jarayonining susayishi natijasida paydo bo‘ladi.
  • Digidrokversetin va uning hosilalari, qon-tomir to‘qimalarini mustahkamlash hisobiga ularning to‘qimalarga tashish faoliyatini rag‘batlantiradi va “menedjer sindromi”dan halos etadi.
  • Digidrokversetin organizmda kechadigan qarish jarayonini sekinlashtiruvchi ajoyib profilaktik vosita ham bo‘lib hisoblanadi.
NOJO‘YA TA’SIRI

Odatda nojo‘ya ta’siri yuzaga kelmaydi, ko‘pgina holatlarda preparatning yaxshi ta’siri kuzatilgan.
Preparatga yuqori sezuvchanlik holati kuzatilsa, preparatni qo‘llashdan to‘xtash kerak.

QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR

Preparatning ba’zi tarkibiy qismlariga yakka tarzdagi chidamsizlik.

BOSHQA PREPARATLAR BILAN O‘ZARO TA’SIRI

Boshqa dori vositalari bilan qo‘llanilganda nojo‘ya ta’siri kuzatilmagan.

PROFILAKTIK MAQSADDA:

Immunitet susayganda:

  • organizmning yuqumli kasalliklarga va tashqi muhitning zararli ta’sirlariga organizmning qarshiligini oshirish maqsadida, umumtetiklashtiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.

Qaytalagan va asoratli yallig‘lanish kasalliklarida:

  • organizmning kasalliklarga qarshiligini kuchaytiradi, yallig‘lanish jarayonining yaqqol belgilarini kamaytiradi, surunkali yallig‘lanish kasalliklarining ko‘chayishini va qaytalashini oldini oladi.

Jigar funksiyasining buzilishida:

  • jigar hujayralarining funksional holatini yaxshilaydi va antitoksik faoliyatini kuchaytiradi.

Varikoz kasalligi, flebotromboz va posttromboflebitik sindromda:

  • vena qon tomirlari devorini mustahkamlab, ularda qon aylanishini yaxshilaydi. Tromblar hosil bo‘lishini oldini oladi va shishlarni kamaytiradi.

Asoratlangan qandli diabet:

  • mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi, kapillyar qon oqimini kuchaytiradi, insulinorezistentlik xavfini kamaytiradi va yashash sifatini ko‘taradi.
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI

Davolanish muddati va preparat miqdori, davolovchi shifokor tomonidan har bir bemorga yakka tartibda belgilanadi.

3 YOSHDAN 9 YOSHGACHA BO‘LGANLARGA

9 YOSHDAN 18 YOSHGACHA BO‘LGANLARGA

19 YOSH VA KATTALARGA

1 kapsuladan 1 mahal, ovqat bilan birga.

1 kapsuladan 2 mahal, ovqat bilan birga.

1 kapsuladan 3 mahal, ovqat bilan birga.

QABUL QILISH DAVOMIYLIGI

4-8 hafta.

Qayta qabul qilish kursi 2 haftadan so‘ng.
Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDATI

Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan joyda +2°S dan +25°S gacha haroratda saqlanishi lozim.
Saqlanish muddati: 24 oy

Dori vositasi emas.

Saytda taqdim etilgan ma'lumotlar o'z-o'zini tashxislash va davolash uchun ishlatilmasligi kerak va shifokorning konsultatsiyasi o'rnini bosa olmaydi.

3